Biznes/Marketing bo‘yicha Hammuassis (Co-founder)
Biznes/Marketing bo‘yicha Hammuassis (Co-founder)
UstaTop
Зарплата: Договорная
О работе
UstaTop loyihasini bozorga olib kirish va ommalashtirish uchun Biznes/Marketing bo‘yicha Hammuassis (Co-founder) qidiryapman.
Loyiha haqida: UstaTop — 24 dan ortiq toifadagi xizmat ko‘rsatuvchi ustalarni va mijozlarni geolokatsiya, real-time xarita va xavfsiz ichki chat orqali birlashtiruvchi zamonaviy xizmatlar marketpleysi (B2C/B2B platforma). Hozirgi holat: Loyihaning texnik arxitekturasi va MVP (Minimum Viable Product) versiyasi to‘liq tayyor. Kodlash, backend va xavfsizlik tizimlari yakunlangan. Ilovani Play Market va App Store'ga chiqarish hamda bozordagi real gipotezalarni test qilish arafasidamiz.
Vazifalar
- Platformaning ikki tomonlama bozori (Ustalar va Mijozlar) uchun marketing strategiyasini tuzish va yuritish
- Minimal xarajat bilan birinchi 1000 ta faol foydalanuvchini (bajaruvchi va buyurtmachilarni) jalb qilish
- Mahsulotning qiymatini (Value Proposition) bozorga to‘g‘ri taqdim eta olish
Talablar
- Raqamlar va mantiq bilan ishlaydigan
- Mobil ilovalarni ommalashtirish (User Acquisition, Growth Hacking, App Marketing) tajribasiga ega bo‘lgan “Biznes Miya”
- Uzum, Yandex, Express24, MyTaxi yoki shunga o‘xshash platformalarda product-marketing bilan shug‘ullangan bo‘lsangiz — ideal nomzod
Imtiyozlar
- Loyihada to‘laqonli hammuassis (Co-founder) maqomi
- Kelishuv asosida loyiha ulushidan (Equity) munosib ulush (Vesting va Cliff tizimi asosida xavfsiz rasmiylashtiriladi)
- Texnik qismi mukammal va professional darajada qurilgan tayyor mahsulot (Siz texnik muammolarga chalg‘imaysiz, faqat o‘sishga va marketingga javob berasiz)
Eslatma
Rezyume/keyslaringizni qoldiring.
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

