Yordamchi o‘qituvchi (kurator) (onlayn)
Yordamchi o‘qituvchi (kurator) (onlayn)
Super Rus tili
2 000 000 so'm
Job Details
Siz rus tili filologiyasi talabasi yoki bitiruvchisimisiz? Unda Zarina Ismoilovnaning litsenziyalangan 'Super Rus tili' online kursi jamoasida yordamchi o‘qituvchi (kurator) bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bizga o‘z ishining ustasi bo‘lgan, mas’uliyatli va natijaga intiluvchan kadrlar kerak.
Vazifalar
- Kun davomida onlayn bo‘lish, o‘quvchilar savollariga javob berish va uy vazifalarini har 2 soatda tekshirish
- Har bir guruh uchun haftada 2 marta soat 20:00 dan 22:00 gacha muloqot audio chatlarini o‘tkazish
Talablar
- Bilim darajasi: Rus tilida grammatik xatolarsiz, mukammal so‘zlashish va yozish qobiliyati
- Tajriba: Til o‘rgatish sohasida kamida 3 oylik muvaffaqiyatli tajriba
- Auditoriya: 16-50 yosh oralig‘idagi o‘quvchilar bilan ishlash
Imtiyozlar
- Professional metodikalarni o‘rganish va karyera o‘sishi imkoniyati
- Tajriba ortgani sari keyingi bosqichdagi katta loyihalarga o'tish
Maosh tafsiloti
- 2 mln+ (guruhlar soniga qarab o‘sib boradi)
Ish vaqti
- Ish turi: onlayn
- Haftada 6 kun
Eslatma
Ish tartibi va intensivligini inobatga olgan holda, dekretdagi onalarni hozircha ishga qabul qila olmaymiz. Formani to‘ldiring, filtrdan o‘tsangiz, 24 soat ichida siz bilan bog‘lanamiz.
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
