SAT fani o‘qituvchisi
SAT fani o‘qituvchisi
20 000 000 – 25 000 000 UZS
Job Details
Ta’lim markazimiz jamoasiga tajribali va natijaga yo‘naltirilgan SAT fani o‘qituvchisini taklif qilamiz. Agar siz o‘quvchilarni xalqaro imtihonlarga sifatli tayyorlash, ularning bilim va natijalarini oshirishga hissa qo‘shishni istasangiz — sizni jamoamizda kutamiz.
Vazifalar:
— SAT fanidan darslarni yuqori sifatda o‘tish;
— O‘quvchilarni imtihonga tizimli tayyorlash;
— Test strategiyalari va time management ko‘nikmalarini o‘rgatish;
— O‘quvchilar natijalarini tahlil qilish va ballarni oshirish ustida ishlash;
— Mock testlar tashkil etish va tahlil qilish;
— O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
— O‘quvchilar bilan individual ishlash;
— Zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish.
Talablar:
— Oliy ma’lumot (matematika, ingliz tili, iqtisodiyot yoki tegishli yo‘nalish);
— Magistr darajasi afzallik beradi;
— SAT imtihonidan kamida 1500+ natija;
— IELTS, TOEFL yoki boshqa xalqaro sertifikatlar afzal;
— Ta’lim sohasida kamida 1–3 yillik tajriba;
— SAT yoki xalqaro imtihonlarga tayyorlash tajribasi;
— SAT imtihoni tuzilmasini mukammal bilish (Math, Reading, Writing);
— Ingliz tilini yaxshi darajada bilish;
— O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish, rus va ingliz tilini bilish afzal;
— MS Office, Google Drive va raqamli platformalarda ishlash ko‘nikmasi.
Ko‘nikmalar:
— Interaktiv va samarali dars o‘tish;
— Murakkab savollarni tahlil qilish;
— O‘quvchilar natijalarini analiz qilish;
— Motivatsiya berish va natijaga yo‘naltirish;
— Mock testlar tashkil qilish va monitoring yuritish.
Shaxsiy sifatlar:
— Mas’uliyatlilik;
— Sabr-toqat;
— Aniqlik;
— Kommunikativlik;
— Stressga chidamlilik;
— Natijaga yo‘naltirilganlik.
Biz taklif qilamiz:
— Raqobatbardosh ish haqi;
— Rasmiy ish faoliyati;
— Kasbiy va karyera o‘sishi imkoniyati;
— Zamonaviy va qulay ish muhiti;
— Trening va rivojlanish dasturlari;
— Do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.
Ish vaqti hamda boshqa shartlar suhbat asosida kelishiladi.
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
