O‘quvchi ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Today 13:02
O‘quvchi ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Omon School
Shavat District
Salary: Negotiable
Format:Full-time
Work mode:On-site
Schedule:6/1 (6 days work, 1 day off)
Working hours:08:30-18:00
Gender:Any
Job Details
Omon School xususiy maktabining yangi ochilayotgan Shovot filialiga O‘quvchi ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etamiz! Biz jamoamizga o‘quvchi bilan bog‘liq barcha jarayonlarni tartibli boshqara oladigan, kuchli nazorat, muomala va tashkiliy salohiyatga ega rahbar nomzodlarni taklif etamiz.
Vazifalar
- O‘quvchilar bilan bog‘liq kundalik jarayonlarni to‘liq nazorat qilish
- Ota-onalar bilan samarali aloqa olib borish, savol va muammolarni o‘z vaqtida hal qilish
- O‘quvchilarning davomatini, xulq-atvorini, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish
- Tutorlar, yordamchi ustozlar va tegishli bo‘limlar bilan hamkorlikda o‘quvchi masalalarini boshqarish
- Shikoyatlar, takliflar va muammoli holatlar bo‘yicha tezkor yechim ishlab chiqish
- O‘quvchilarning moslashuvi, tadbirlar, rag‘batlantirish tizimi va ichki nazorat jarayonlarini muvofiqlashtirish
- Rahbariyatga kunlik, haftalik va oylik hisobotlar taqdim etib borish
Talablar
- Oliy ma’lumot (Psixologiya yo'nalishiga afzallik bor)
- Ta’lim sohasida boshqaruv, koordinatsiya yoki o‘quvchi ishlari bilan ishlash tajribasi
- Kuchli liderlik va tashkilotchilik qobiliyati
- O‘quvchilar, ota-onalar va jamoa bilan to‘g‘ri muloqot qila olish
- Tartib, intizom va nazoratni ushlab tura olish
- Muammoli vaziyatlarda tezkor va oqilona qaror qabul qila olish
- Hujjatlar, hisobotlar va platformalar bilan ishlash ko‘nikmasi
- Mas’uliyatli, talabchan, hushyor va adolatli bo‘lish
Imtiyozlar
- Yangi filialning muhim boshqaruv tizimini shakllantirishda ishtirok etish imkoniyati
- Professional va rivojlanayotgan jamoada ishlash
- Barqaror, rasmiy ish o‘rni
- Rahbarlik va boshqaruv ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish muhiti
- Munosib maosh va rag‘batlantirish tizimi
Maosh tafsiloti
- Suhbat davomida belgilanadi
Ish vaqti
- 08:30-18:00
- 6/1
ID 24914
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

